Şahzoda Harri va aktrisa Megan Marklning töyi qirollik oilasiga 43 mln dollarga tuşgan. Bu haqda BriedBook portali ma'lum qildi. 

Jurnalistlar tantanalarni tayyorlaş xizmatlariga asoslanib töy marosimiga taxminan qança pul sarflanganini hisoblab çiqişdi. Ularning taxminiça, umumiy mablağning deyarli 90 foizi, ya'ni 40 mln dollar töyda xavfsizlikni ta'minlaşga sarflangan. 

Portal fikriça, töy taşkilotçilari xizmati 150 ming dollarga tuşgan. Musiqaçilarga 400 ming dollardan köproq, gulçilarga 150 ming dollar, fotosuratçilar va operatorlarga 23 ming dollar tölangan. Töy iştirokçilarini turli yeguliklar bilan mehmon qiliş uçun 385 ming dollar sarflangan. Töy torti alohida hisoblangan va uning narxi 65 ming dollarni taşkil qilgan. 

Avvalroq kelin köylagi şahzoda Harriga 135 ming dollarga tuşgani ma'lum qilingan. 

Uzoq kutilgan töy 19 may kuni Vindzor saroyida bölib ötgan. Töyda 2,6 ming kişi mehmon bölgan, ular orasida qöşiqçi Elton Jon, amerikalik teleboşlovçi Opra Uinfri, tennisçi Serena Uilyams, aktyor Jorj Kluni, Viktoriya va Devid Bekxem juftligi hamda boşqa köplab yulduzlarni uçratiş mumkin bölgan.