Marosimda shuningdek AQSh prezidenti Donald Tramp va bosh kotib Maykl Pompeo ham ishtirok etgan. Tramp Xespel o‘z lavozimini bajarishga kirishishidan oldin unga omad tilab, “mamlakatda bu lavozimga undan malakaliroq odam yo‘qligini” ta'kidlab o‘tgan.

Xespel AQSh tarixida MRBga rahbar etib tayinlangan ilk ayol bo‘ldi. 17 mayda AQSh kongressi senati Xespelni bu lavozimga tasdiqladi. Uning nomzodini 100 senatordan 54 nafari qo‘llab-quvvatlagan. Xespel bu lavozimda AQSh davlat kotibi etib tayinlangan Maykl Pompeoning o‘rnini egalladi.