O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchilarining ovqatlanishini tashkil etish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan belgilanishicha, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining:

oshxonalar xodimlari sonini, oziq-ovqat mahsulotlarini tashish va yetkazib berish xarajatlarini maqbullashtirish, tabiiy kamayish normalari doirasida nobudgarchiliklarni eng kam darajaga keltirish, taomlar turlarini xilma- xillashtirish va ovqat tayyorlash sifatini yaxshilash hamda bo‘linmalar samaradorligini oshirish imkonini beradigan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi bo‘linmalari shaxsiy tarkibining ovqatlanishini autsorsing shartlarida tashkil etish sohasida davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish;

autsorsing shartlarida ovqatlanishni tashkil etishni birinchi navbatda bo‘linmalarda, harbiy qismlarda, kichik mutaxassislarni tayyorlash o‘quv markazlarida va harbiy davolash muassasalarida joriy etish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berildi.

Belgilanishicha:

autsorsing bo‘yicha umumiy ovqatlanish korxonalari xizmatlariga haq to‘lash autsorserning barcha xarajatlarini (soliqlar, xodimlarning ish haqi, transport xizmatlari hamda asbob-uskunalarni ta'mirlash va ulardan foydalanish va boshqalarni) o‘z ichiga oladigan 20 foizgacha ustama haq hisobga olingan holda shartnoma tuzilishi sanasida oziq-ovqat mahsulotlarining amaldagi o‘rtacha bozor narxlari bo‘yicha bir ovqatlanuvchiga tegishli kontingent uchun ovqatlanishning tasdiqlangan normasidan kelib chiqib O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tomonidan belgilanadi;

shaxsiy tarkibning ovqatlanishini tashkil etish uchun ijara shartnomasi doirasida autsorserga vaqtincha foydalanishga beriladigan oshxonaning ishlab chiqarish xonalari, asbob-uskunalari, idish-tovoqlari va mebelidan foydalanganlik uchun to‘lov nol stavka bo‘yicha belgilanadi;

shaxsiy tarkibga ovqat tayyorlash uchun autsorser tomonidan iste'mol qilinadigan kommunal xizmatlar qiymati O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi ajratilgan byudjyet mablag‘lari doirasida qoplanadi;

autsorsingning ko‘rsatilgan xizmatlari uchun narxlar (shartnomalar bo‘yicha), qoidaga ko‘ra, ko‘pi bilan bir oyda bir martda qayta ko‘rib chiqilishi kerak;