Amerikalik yozuvçi Filip Rot 85 yoşida hayotdan köz yumdi. Bu haqda The New York Times xabar bermoqda.
Naşr ma'lumotlariga köra, yozuvçining ölimiga yurak yetişmovçiligi sabab bölgan.
Filip Rot 1933 yilning 19 mart kuni Nyu-Jyersi ştatidagi Nyuark şahrida tavallud topgan. Baknell universitetida ta'lim olgan. Rot Pulittser mukofoti va Xalqaro Buker mukofoti laureati bölgan. U 25dan ortiq romanlar muallifi sanaladi. Asosan yozuvçini ikki romani böyiça tanişadi: «Amerika pastorali» va «Tikuvçi bilan yuz bergan holat».
Şu bilan birga, yozuvçining ona şahridagi maydonlardan biri uning şarafiga nomlangan. 2013 yilda esa Fransiyaning öşa paytdagi taşqi işlar vaziri Loran Fabius yozuvçiga Faxriy legion ordenini topşirgan.

















