Bugun, 22 may kuni Jinoyat işlari böyiça Samarqand viloyati Kattaqörğon tuman sudining öqituvçi Diana Yanikeyeva ölimi holati böyiça 2018 yil 1 mayda çiqarilgan hukmidan norozi bölib, sudlanuvçi Akrom Elmurodov va uning himoyaçisi tomonidan apellyatsiya tartibida keltirgan şikoyati asosida jinoyat işi jinoyat işlari böyiça Samarqand viloyat sudining apellyatsiya instansiyasida körib çiqildi. Bu haqda Jinoyat işlari böyiça Samarqand viloyat sudining Facebook tarmoğidagi rasmiy sahifasida xabar berilgan.

1 maydagi hukmga asosan sudlanuvçi Akromjon Bozoroviç Elmurodov Özbekiston Respublikasi JKning 266-moddasi 2-qismi bilan aybli deb topilib, unga 3 yil muddatga transport vositalarini boşqariş huquqidan mahrum qilgan holda, 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan. Sudlanuvçi A.Elmurodovdan jabrlanuvçi A.Yenikeyev foydasiga 19,8 mln söm moddiy hamda 25 mln söm ma'naviy zarar undirilişi belgilangandi.

Sud majlisida sudlanuvçi va uning himoyaçisi tayinlangan jazoni yengillaştirib, uni qamoqdan ozod qilişni va moddiy hamda ma'naviy zarar hajmini kamaytirişni söraşdi, öz navbatida prokuror va jabrlanuvçi A.Yenikeyev sud hukmini özgarişsiz qoldirişni söraşdi.

Sud hay'ati, taraflarning fikrlarini tinglab, şikoyatdagi vajlarni jinoyat işi materiallari asosida atrofliça örganib çiqib, sudlanuvçi va uning himoyaçisining vajlari sud hukmini özgartiriş yoki bekor qilişga asos bölaolmasligi sababli, sud hukmini özgarişsiz, apellyatsiya şikoyatini qanoatlantirmasdan qoldirdi.

Sud hukmi 2018 yil 22 may kuni qonuniy kuçga kirdi.