«Mening shtabimdan bo‘lgan josus Rossiya bilan til biriktirganlik haqida hech qachon xabar bermagan, sababi bu aslida yo‘q narsa edi. U faqat siyosiy sabablarga ko‘ra josuslik qilish va aldam-qaldam ishlarga moyil Hillari Klinton g‘alaba qozonishiga yordam berish uchun o‘sha yerda edi», - deya yozgan Tramp.
Avvalroq, Tramp agarda FQB uning saylovoldi shtabini 2016 yilda kuzatgani isbotlansa, bu butun mamlakat uchun sharmandalikka aylanishi haqida ma'lum qilgandi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval The New York Times nashri FQB Tramp shtabida yashirin xabarchiga ega bo‘lgani haqida xabar berdi.











