Bosh prokuratura tuzilmasida yangi boshqarma va ikkita bo‘lim tashkil etildi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “Byudjyet mablag‘laridan foydalanish samaradorligini tubdan oshirish va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.
Farmon bilan Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti (SVOJJDLQK) Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti etib qayta tashkil qilindi.
Departament tuzilmasida:
Soliqqa oid huquqbuzarliklarga qarshi kurashish bo‘limi, Valyutaga oid huquqbuzarliklarga qarshi kurashish bo‘limi, Iste'mol bozorini himoya qilish bo‘limi, Tadbirkorlik sub'yektlari huquqlarini himoya qilish va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi negizida Iqtisodiy jinoyatlar va korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi;
Yig‘ma axborot-tahlil boshqarmasi negizida Axborot-tahlil bo‘limi va Tashkiliy-nazorat bo‘limi tashkil etildi.
Mavzuga oid
12:32 / 22.10.2024
Profta’lim muassasalari texnikumlarga birlashyapti – tizimda qanday o‘zgarishlar bor?
15:14 / 25.07.2024
Toshkent, Buxoro va Namanganda zargarlik markazlari tashkil etiladi
11:12 / 25.05.2024
Adliya organlarining qo‘shimcha faoliyat yo‘nalishlari belgilandi
10:08 / 25.05.2024