Xitoyning Urumçi şahrida Özbekiston Respublikasi turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi, Qirğiziston, Möğuliston, Tojikiston, Ukraina va Belarus kabi qator davlatlarning turizm sohasi vakillari iştirokida "Ipak yölida turizm - 2018" seminari bölib ötdi. 

Foto: Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi axborot xizmati

Seminar doirasida Xitoy va Ipak yölidagi mamlakatlar örtasida turizm sohasidagi hamkorlikni rivojlantiriş, turizm sohasini huquqiy jihatdan qöllab-quvvatlaş, "Bir kamar - bir yöl" dasturi doirasida xalqaro turizm bozorini rivojlantiriş istiqbollari kabi qator masalalar muhokama qilindi. 

Foto: Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi axborot xizmati
Foto: Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi axborot xizmati

Urumçi şahridagi yirik turizm kompaniyalari vakillari uçun iştirokçi davlatlar delegatsiyalarining tarğiboti taşkil etildi. Şu qatorda Özbekistonning turizm salohiyati, sönggi vaqtlarda olib borilayotgan islohotlar, jumladan viza tizimini takomillaştiriş, xorijiy investorlar uçun yaratilayotgan imtiyozlar va turizm infratuzilmasini yaxşilaşga doir ma'lumotlar taqdim etildi.

Foto: Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi axborot xizmati

Seminar doirasida Özbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi vakillari Şanxayning turizm böyiça eng yirik kompaniyalaridan biri hisoblangan CITS GROUP SHANGHAI CO., LTD boş direktori janob Lu Jun bilan uçraşişdi. Tadbir davomida Özbekistonning turizm salohiyati namoyiş etildi, özaroq hamkorlik aloqalarini örnatiş masalalari muhokama qilindi, şu bilan birga xitoy tilidagi tarğibot materiallari taqdim etildi. Uçraşuv yakuniga köra, xitoyliklar Özbekistondagi turoperatorlar bilan hamkorlik aloqalarini örnatişga kelişib olişdi.