Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mualliflik huquqini buzganlik uchun jarima solish taklif etilmoqda
Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga yangi moddalar kiritilishi mumkin. Tegishli qonun loyihasi Intellektual mulk agentligi tomonidan ishlab chiqildi, deb yozmoqda Norma.
MJTKning 177-moddasida nazarda tutilgan ma'muriy javobgarlikni kengaytirish, buning uchun tovar kelib chiqqan joy nomi va boshqa firma nomidan foydalanishni buzganlik uchun jarima kiritilishi taklif etilmoqda. Amaldagi jarimalarni oshirish, takror sodir etilgan huquqbuzarliklar uchun qat'iy choralarni joriy etish nazarda tutilmoqda.
Bundan tashqari, tuzatishlar bilan mualliflik va turdosh huquqlarni, shuningdek ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari huquqlarini buzganlik uchun jarimalarni joriy etish nazarda tutilmoqda.

*asarlarning va turdosh huquqlar obektlarining kontrafakt nusxalari, shuningdek ularni tayyorlash va takrorlashda foydalaniladigan materiallar va asbob-uskunalar hamda sodir etilgan huquqbuzarlikning boshqa vositalari musodara qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, intellektual mulk obektlariga nisbatan mualliflik huquqini o‘zlashtirib olish, hammualliflikka majburlash, shuningdek intellektual mulk obektlari to‘g‘risidagi ma'lumotlarni ular rasman ro‘yxatdan o‘tkazilgunga yoki e'lon qilingunga qadar muallifning roziligisiz oshkor qilish jinoiy javobgarlikka olib keladi (JKning 149-moddasi).
Loyiha o‘zgartirilishi, unga qo‘shimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.
Mavzuga oid
15:58 / 21.01.2026
Tadbirkorga qo‘llangan 7,4 mlrd so‘mlik noqonuniy jarima bekor qilindi
20:55 / 20.01.2026
“Yer go‘zali 2025” tanlovida qatnashgan o‘zbekistonlik qiz libosida davlat ramzlaridan foydalangani uchun jarimaga tortildi
10:44 / 18.12.2025
Rossiyada 31 o‘zbekistonlik talabaga qo‘yilgan jarima bekor qilindi
10:55 / 13.11.2025