2018 yilning 24 may kuni Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligida mamlakatga taşrif buyurgan Amnesty International xalqaro nohukumat taşkilotining Şarqiy Yevropa va Markaziy Osiyo böyiça mintaqaviy direktori Mari Struters boşçiligidagi delegatsiya bilan uçraşuv bölib ötdi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar bermoqda.
Suhbat davomida Özbekiston va Amnesty International örtasidagi hamkorlikning istiqbolli yönalişlari muhokama qilindi.
Mari Struters va uning hamrohlari Boş prokuratura, Oliy sud, qator vazirlik va idoralarda, bir qator nodavlat va notijorat taşkilotlari vakillari bilan uçraşuvlardan olgan taassurotlari töğrisida sözlab berdilar.
TIVdagi uçraşuvda Özbekiston tomonining Amnesty International’dan yaşiradigan yoki muhokama kun tartibidan olib taşlanadigan masalalari yöqligi qayd etildi.
Mamlakat sud tizimida insonparvarlikni oşiriş böyiça işlar olib borilmoqda, radikalizmga qarşi kuraşda an'anaviy, aksariyat hollarda repressiv köriniş olgan çoralardan voz keçilmoqda. Köproq e'tibor profilaktika, iş bilan ta'minlaş, ijtimoiy reabilitatsiya, ma'rifat va tarbiyaga qaratilmoqda.
Ta'kidlanganidek, Özbekiston erişilgan natijada töxtab qolmaslik va inson huquqlarini ta'minlaş sohasida aniq sa'y-harakatlarini davom ettirişni qat'iyan maqsad qilgan.

















