Tramp Kim Chen In bilan uchrashuvni bekor qildi
AQSh prezidenti Donald Tramp Kim Chen In bilan uchrashuvni bekor qildi. Oq uy matbuot xizmati xabar berishicha, Pxenyanga shu haqda bildirilgan maktub yo‘llangan.
«Afsuski kuchli g‘azab va ochiq dushmanlik bilan yo‘g‘rilgan bayonotingizdan keyin rejadagi uchrashuvni o‘tkazishdan ma'no yo‘q deb hisoblayman. Siz yadro sohasidagi imkoniyatlaringiz haqida gapirasiz, ammo bizning qurollar shunchalar kuchliki, hech qachon ularni qo‘llashga to‘g‘ri kelmasligini Xudodan so‘rayman.
Butun dunyo, ayniqsa Shimoliy Koreya tinchlik va farovonlik o‘rnatilishi uchun imkoniyatni yo‘qotdi. Bu boy berilgan imkoniyat — tarixning qayg‘uli lahzalaridir.», — deya yozgan Tramp.
Shu bilan birgalikda u kelgusida KXDR rahbari bilan uchrashishga tayyorligini qo‘shimcha qilgan.
President Trump in letter to Kim Jong Un:
— NBC News (@NBCNews) May 24, 2018
"Sadly, based on the tremendous anger and open hostility displayed in your most recent statement, I feel it is inappropriate, at this time, to have this long-planned meeting." pic.twitter.com/XVvYlvQj5B
12 iyun kuni Singapurda AQSh-KXDR sammiti doirasida ikki prezident o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tishi belgilangandi. Ammo shimoliy koreyaliklar AQSh va Janubiy Koreya o‘rtasida harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazilishi davom etganidan norozi bo‘lgan va bu uchrashuv o‘tkazilishi so‘roq ostida qolgandi.
Mavzuga oid
22:13 / 31.10.2024
Ukraina Kim Chen Inni hibsga olish orderi bo‘yicha XJSga murojaat qiladi
21:26 / 29.10.2024
KXDR rahbari Kim Chen Inning xavfsizligi kuchaytirildi – OAV
23:22 / 17.10.2024
Shimoliy Koreyada chuchxe kalendari bekor qilindi
21:47 / 06.10.2024