«Tottenhem» bosh murabbiyi Maurisio Pochettino klubdagi ishini davom ettiradi.

«Shporlar» rahbariyati argentinalik mutaxassis va uning murabbiylar shtabi bilan 2023 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi.

The Telegraph xabariga ko‘ra, Pochettino maoshi 8,5 million funt qilib belgilandi. Endi u eng ko‘p daromad oluvchi murabbiylar ro‘yxatida Pep Gvardiola va Joze Mourinodan keyin uchinchi bo‘lib oldi.

Pochettino «Tottenhem»da 2014 yildan beri ishlamoqda.