Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pompeo janubiy koreyalik hamkasbi bilan bekor qilingan sammit haqida gaplashdi
Janubiy Koreya tashqi ishlar vaziri Kan Gyon Xva va AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo telefon orqali o‘zaro muloqotda Amerika-Shimoliy Koreya sammitining bekor qilinishi bilan bog‘liq vaziyatni muhokama etdi. Bu haqda Koreya Respublikasi TIV matbuot xizmati xabar bergan.
Ta'kidlanishicha, Pompeo suhbat davomida Vashingtonning bu masala bo‘yicha pozitsiyasini bildirib, Pxenyan bilan muloqotni tiklashga tayyorlikni ta'kidlab o‘tgan.
O‘z navbatida, Kan Gyon Xva sammit bekor qilinidan afsusda ekanini aytib, u «Koreya yarim orolida mustahkam tinchlikni o‘rnatishda muhim rol o‘ynashi mumkin ekanini» qayd etdi. Bundan tashqari, diplomat Vashington va Seulning hamkorligini KXDR bilan muloqot uchun yo‘l izlash maqsadida davom ettirish taklifi bilan chiqqan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq KXDR AQSh bilan munosabatlarni hamon yaxshilash tarafdori ekani va Amerika rasmiylari bilan uchrashuvni istalgan vaqtda hamda istalgan shaklda o‘tkazishga tayyorligini bildirgandi.
Mavzuga oid
09:03 / 27.05.2026
Shimoliy Koreya bir nechta turdagi raketalarni sinovdan o‘tkazdi
13:32 / 14.05.2026
Koreyaga ishga yuborishdagi yirik sxema: Kun.uz bu haqda uch yil oldin bong urgan edi
19:26 / 06.05.2026
Janubiy Koreyaning sobiq birinchi xonimiga nisbatan hukmni og‘irlashtirgan sudya o‘lik holda topildi
16:10 / 27.04.2026