Ukraina prezidenti Petr Poroşenko Beskidskiy temir yöl tunnelini oçdi va maşinist kabinasida sayr qildi. "Ukraina haqiqati" şu haqida xabar berdi.
"Bu loyiha ortidan Ukraina Yevropa Ittifoqiga, Yevroittifoq esa - Ukrainaga yanada yaqinlaşadi", - deb yozdi Poroşenko özining Facebook'dagi sahifasida.


Ukraina prezidenti mazkur loyihani Italiya, Sloveniya, Vengriya, Slovakiya, Ukraina hududi va undan keyin şarq tomon olib boruvçi xalqaro transport koridorining bir qismi deb atadi. Uning sözlariga köra, Ukrainaning Ğarbiy hamda Markaziy Yevropa yönalişidagi tranzit yuklarining 40 foizgaçasi şu yerdan ötadi.

Oçiliş davomida Poroşenko maşinist kabinasida sayr qilgan va şundan söng nutq sözlagan.
Manbada ta'kidlanişiça, tunnel qurilişiga doir işlar 1998 yilda boşlangan, biroq quriliş 2013 yilga kelib boşlangan. Ukraina hukumati köprik qurilişi uçun Yevropa investitsiya bankidan 55 million yevro jalb qilgan.
















