
Sooranboy Jeenbekov Qirg‘iziston prezidenti etib saylanganidan keyin o‘tgan olti oy nimalar bilan yodda qoldi? 24.kg nashri shu mavzudagi maqolasi bilan bo‘lishdi.
Qo‘shni mamlakatlarga tashrif
Prezident ilk uch oyni qo‘shni mamlakatlar bilan munosabatlarni yaxshilashga bag‘ishladi. Sooranboy Jeenbekov birinchi tashrifni Moskvaga, keyin esa Minskka amalga oshirdi, u yerda davlat rahbari Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan muhim muzokaralar o‘tkazdi. Qirg‘iziston-Qozog‘iston chegarasidagi muammolar to‘liq tartibga keltirildi.
Sooranboy Jeenbekov ilk rasmiy tashrifni O‘zbekistonga amalga oshirdi.

prezident Shavkat Mirziyoyevga Qirg‘izistonning «Danaker» ordenini topshirdi
Nursulton Nazarboyev mamlakatga taklif qilinganidan keyin Qirg‘iziston va Qozog‘iston o‘rtasidagi munosabatlar to‘liq izga tushdi. Jeenbekov uni iliq qarshi olib, o‘zi ham Ostonaga borib qaytdi.
2017 yilning so‘nggi kunlarida Vladimir Putin MDHning barcha rahbarlari bilan norasmiy uchrashuv o‘tkazdi. Fevral oyida Sooranboy Jeenbekov Dushanbega parvoz qildi - bu safar ham tashrif taklif qilgan tomon tashabbusi bilan amalga oshirildi.
Muzokaralarning asosiy mavzusi chegara delimitatsiyasi bo‘ldi. Hozircha aniq qarorga kelinmagan, biroq ishchi guruhlar faol muzokaralar olib borishmoqda.

Aprel oyida prezident muzokaralarning xalqaro bosqichiga o‘tib, Turkiya hamda Belgiyaga yo‘l oldi. Turkiyalik hamkasbi Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bilan suhbat birga-bir formatida o‘tib, bir yarim soat davom etdi. Dolzarb masalalardan biri turk litseylari bilan bog‘liq vaziyat bo‘ldi.



















