Prezidentning “Maktabgacha ta'lim tizimini yanada rag‘batlantirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori e'lon qilinganidan keyin davlat-xususiy sheriklik asosida xususiy bolalar bog‘chalari ochish uchun qator imtiyozlar berila boshlandi. Norma imtiyozlardan qanday foydalanish va ishni nimadan boshlash, bog‘cha faoliyatini yo‘lga qo‘yishgacha bo‘lgan bosqichlardan qanday o‘tish haqida tushuncha berdi.
Ishni nimadan boshlash kerak
Dastavval, bolalar bog‘chasi barpo etish uchun mos keladigan bino yoki yer uchastkasini topish zarur. Masalan, Toshkent viloyati hokimligi xususiy bolalar bog‘chalari barpo etish uchun “nol” xarid qiymatida binolarni sotishni boshlab yubordi.
Bo‘lg‘usi bolalar bog‘chasining loyihasi bo‘lishi ham zarur shartlardan biri sanaladi. Nomzod loyiha summasining 25%idan kam bo‘lmagan miqdorda sof aktivlarga ega bo‘lishi yoki xuddi shuncha summaga uchinchi shaxsning kafolatini taqdim etishi zarur. Bu bilan u o‘zining moliyaviy jihatdan layoqatli ekanini tasdiqlagan bo‘ladi.
Yaqin kunlarda davlat-xususiy sheriklik asosida mamlakatimiz bo‘ylab 3 000 dan ortiq nodavlat MTM qurilishi va yuzlab bolalar bog‘chalari rekonstruksiya qilinishi ko‘zlangan. Ushbu loyihalar bo‘yicha xususiy sheriklarni izlash maqsadida Maktabgacha ta'lim vazirligi tanlov va tenderlar e'lon qiladi. Agar xususiy sherikning o‘z loyihasi bo‘lmasa, Vazirlikning e'lonlarini kuzatib borib, ular orasidan o‘ziga mos loyihani tanlab olishi mumkin bo‘ladi.
Qolaversa, nomzodning soliqlar, yig‘imlar va boshqa majburiy to‘lovlardan qarzdorligi bo‘lmasligi zarur. Buni tasdiqlovchi hujjat ariza yoziladigan kundan bir oydan ko‘p bo‘lmagan muddat ichida olingan bo‘lishi darkor. Korxonasi bankrotlik, tugatilish bosqichida bo‘lgan nomzodlar, mol-mulki xatlangan shaxslarning arizasi ko‘rib chiqilmaydi.
Ariza bilan Maktabgacha ta'lim vazirligining hududiy bo‘linmasiga murojaat etiladi.
Arizada, shuningdek:
• yuridik shaxslar uchun – xususiy hamkorning nomi va joylashgan joyi; jismoniy shaxslar uchun – shaxsiy ma'lumotlar va yashash joyi;
• loyihani amalga oshirish maqsadi;
















