Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro shahar bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro S. Buxoro shahridagi avtosalonda ishlovchi tanishlari orqali fuqaro U. nomiga “CAPTIVA” rusumli avtomashina xarid qilish uchun shartnoma olib berish evaziga 1500 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Bu haqda mahkama matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan fuqaro S.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Damas» uchun shartnoma olib berishni va'da qilib, 1200 dollar va 51,5 mln so‘m olgan shaxs ushlangandi.















