O‘zbekiston | 18:19 / 26.05.2018
17612
5 daqiqa o‘qiladi

Po‘lat Bobojonov Buxoroda, 4 oyda ayollar tomonidan 99ta jinoyat sodir etilgan 

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2017 yil 15 noyabrda o‘tkazilgan yig‘ilishda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida belgilab berilgan ustuvor vazifalar ijrosini ta'minlash yuzasidan Buxoro viloyatida amalga oshirilayotgan profilaktik tadbirlar 26 may kuni xalq deputatlari Buxoro viloyat Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida muhokama etildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Yig‘ilishni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining raisi, Huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish respublika komissiyasi raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshev olib bordi. O‘tkazilgan yig‘ilishda Buxoro viloyati hokimi O‘ktam Barnoyev, Hududlarda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish Respublika komissiyasi II mintaqaviy guruhi rahbari, O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri general-mayor Po‘lat Bobojonov ishtirok etdi.

Foto: IIV

Ta'kidlandiki, Buxoro viloyati bo‘yicha belgilangan dasturlar ijrosi doirasida, 2018 yilning 4 oyi davomida 559 nafar profilaktik hisobda turgan, 58 nafar diniy-ekstremistik oqimga mansub, 559 nafar jinoyat sodir qilishga moyil, 150 nafar giyohvand va spirtli ichimlikka ruju qo‘ygan shaxslar, 281 nafar notinch oilalar, 5879 nafar ishsiz fuqarolar, 233 nafar uyushmagan yoshlar, 351 ta kam ta'minlangan va ehtiyojmand oilalar ro‘yxatlari shakllantirilib, manzilli profilaktik tadbirlar o‘tkazish, muammolarning aniq yechimini topish maqsadida sektor rahbarlari hamda tegishli mutasaddi idoralar rahbarlariga mazkur ro‘yxatlar taqdim etildi. 

Aholi bilan o‘tkazilgan manzilli tushuntirish-targ‘ibot ishlari davomida 336 ta notinch oilalar yarashtirilib, 149 ta nizoli oilalarning notinchligiga barham berildi. Mulkiy turdagi jinoyatlarning oldini olish maqsadida ko‘p qavatli uylarning 225 tasiga videokameralar o‘rnatildi, 935 ta obektlar qo‘riqlash pultiga ulandi. Viloyatdagi mahallalarda jamoatchilik nazoratini to‘liq o‘rnatish maqsadida 560 ta jamoatchilik nazorat maskanlari faoliyati yo‘lga qo‘yilib, har kuni o‘rta hisobda 1700 nafardan ortiq mahalla va jamoatchilik vakillari jalb qilinmoqda. Jumladan, 2018 yilning 4 oyi davomida ushbu maskanlarga xizmatga jalb etilgan ko‘ngillilar tomonidan 14 ming nafar fuqarolar, 4860 tadan ortiq transport vositalari tekshirilib, 18 ta mast holatda transport vositasini boshqarish hamda jinoyatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan 1375 tadan ortiq qo‘pol qoidabuzarliklar aniqlandi, 5 ta o‘g‘irlik jinoyatlari fosh etildi. 

Foto: IIV

Olib borilgan ishlar natijasida 2018 yilning 4 oyi davomida viloyat hududida barcha sohalar bo‘yicha qayd etilgan jinoyatlar 639 taga (46 foiz), jinoyat qidiruv sohasidagi jinoyatlar 389 taga (43 foiz) kamayishiga erishildi. Amalga oshirilgan ishlar natijasida viloyatning 265 ta mahallasida bironta ham jinoyatlar sodir etilishiga yo‘l qo‘yilmaganligi ta'kidlandi. 

Shu bilan birga, ayrim hududlarda huquqbuzarliklarning oldini olish, jinoyat sodir qilgan shaxslarga nisbatan jazo muqarrarligini ta'minlash, aholi o‘rtasida jinoyatchilikka murosasiz munosabatni shakllantirish borasidagi ishlar bugungi kun talabiga javob bermasligi qayd etildi. Buning oqibatida Buxoro viloyatining ayrim hududlarida vaziyat og‘ir holda saqlanib qolmoqda. Viloyatda qayd qilingan 747 ta jinoyatlarda 13 nafar voyaga yetmaganlar, 232 nafar yoshlar, 85 nafar xotin-qizlar va 116 nafar muqaddam sudlanganlar ishtirok etib, ayrim hollarda bu toifa shaxslarning bir qator og‘ir va o‘ta og‘ir turdagi jinoyatlarga aloqador ekanliklari, hattoki o‘z yaqinlarining hayotiga zomin bo‘lganliklari ma'lum bo‘ldi.

Foto: IIV

Viloyatda Xotin-qizlar qo‘mitasi, “Oila markazi” va imom-xatiblar hamda boshqa mutasaddi idoralarning hamkorlikda notinch oilalar bilan ishlash, ularning muammolarini o‘rganish, yechimini topishda amaliy ko‘maklar berish borasida yetarli ishlar olib borilmaganligi og‘ir oqibatlarga olib kelgan. Chunonchi, o‘tgan davrda viloyatda 85 nafar ayollar tomonidan 99 ta jinoyatlar sodir etilgan. Bundan tashqari, mahallalardagi notinch oilalar va ulardagi nizolarni o‘z vaqtida aniqlab, jamoatchilik kengashlari bilan bartaraf qilish choralarining to‘liq ko‘rilmaganligi sababli, viloyatda jami 14 ta oila-turmush doirasidagi qasddan odam o‘ldirish va tan jarohati yetkazish jinoyatlari sodir etildi. 

Mavzuga oid