«Biz, albatta, to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotga tayyormiz, biroq ilgari surayotgan qator shartlarimiz bor. Birinchidan, Gruziya Osetiyaga haqiqatdan ham Gruziya hujum qilganini rasman tan olishi kerak», - dedi Bibilov.
Uning ta'kidlashicha, aybdorlar Gruziya ichki sudi yoki xalqaro tribunal tomonidan jazoga tortilishi lozim. Uning fikriga ko‘ra, Gruziya harbiylari «xalqni qirg‘in qilishgan» va buning uchun «javob berish shart».
Bibilov Peterburg iqtisodiy forumi doirasida shunday bayonot bilan chiqqan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Janubiy Osetiya prezidenti mintaqadagi Rossiya qo‘shinlari haqida gapirgandi.











