Şimoliy Koreya rahbari Kim Çen In Janubiy Koreya prezidenti Mun Je In bilan muloqot çoğida AQŞ prezidenti Donald Tramp bilan uçraşiş istagi borligi haqida ma'lum qilgan. Bu haqda «Yonhap» agentligi xabar tarqatdi.
Agentlik ma'lumotiga köra, Kim Çen Inning Tramp bilan uçraşuv ötkaziş istagi «juda qat'iy».
Bundan avvalroq Şimoliy va Janubiy Koreya yetakçilari 26 may kuni yaşirin ravişda Pxanmunjomdagi çegara punktida uçraşişgani ma'lum qilingandi. Bu uçraşuv ikki davlat yetakçilarining keyingi bir oy içidagi ikkinçi uçraşuvi böldi, bundan oldin, 27 aprel kuni ham rasmiy uçraşuv ötkazişgandi.
Ular Donald Tramp bilan uçraşuv bekor qilinganini muhokama qilişgan. Siyosatçilar 1 iyun kuni rasmiy muzokaralar ötkazişga kelişib olişgan.
Bu vaqtda Donald Trampning matbuot kotibi Sara Sanders Amerika ma'muriyati jamoasi AQŞ va KXDR yetakçilarining uçraşuv maydonini tayyorlaş uçun Singapurga yöl olişi haqida ma'lumot bergan.












