«Liverpul»ga qarşi YeÇL finalining birinçi bölimida Naço jarohat olgan Dani Karvaxalning örniga maydonga tuşdi.

Har kuni ovqatlaniş çoğida Naço yangi şpritsini çiqarib, badaniga insulin jönatadi. Uning sumkasida qand körsatkiçini ölçagiç, smartfoni qaydnomasida esa doimo yaxşisi tanovvul qilmagan ma'qul bölgan mahsulotlar röyxati turadi — doimo taomlaniş maskanlarida tekşirib, soliştirib turiş uçun.

Naço bunday qoidalarga 12 yoşidan buyon amal qiladi.

Öşanda u bir turnirga tayyorgarlik körayotgan edi. «Men doim yoziliş uçun çopardim, litrlab suv içardim, – deya eslaydi bungaça internatda ikki yil yaşab, umuman kasal bölmagan Naço. – Oyim juda taşvişlanardi, çunki bizni beş kunlik turnir kutib turgandi. U kasalxonaga qönğiroq qildi va biz körikdan ötdik».  Bir neça testlar bolakayning qonida qand miqdori haddan ziyod ekanligini körsatdi. Taşxis – 1-tipdagi qandli diabet edi.

Naço «Real»da Mourinyu vaqtida, 21 yoşida debyut qila boşlagan. «Öşanda orzumga erişdim. Men şunça yildan beri asosiy jamoaga kiriş uçun kuraşib keldim va menga imkon bergani uçun Mourinyudan çeksiz minnatdorman».

«Men qandli diabet umrimning söngiga qadar hamroh bölişini bilaman. Balkim… qandaydir davosi ham topilib qolar, töğrimi? Nima bölganda ham, men könikdim. Diabet sevimli işim bilan şuğullanişga xalaqit berayotgani yöq», — deydi Naço.