Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi raisi Aziz Abduhakimov Özbekiston Respublikasi boş vaziri Abdulla Aripovning örinbosari etib tayinlandi. Bu haqda Kun.uz’ning hukumatdagi manbasi xabar berdi.
Aziz Abduhakimov 1974 yilda tuğilgan. 2014 yil yozidan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligini boşqargan. Avvalroq Xususiylaştiriş, monopoliyadan çiqariş va raqobatni rivojlantiriş davlat qömitasi raisi lavozimida faoliyat olib borgan. 2017 yilning avgust oyidan beri Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi raisi lavozimida işlab kelayotgandi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekiston Respublikasi boş vazirining örinbosari – Ta'lim, soğliqni saqlaş, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş, jismoniy tarbiya va sport masalalari kompleksi rahbari Qahramon Valiyeviç Akmalov lavozimdan olingani xabar berilgandi.

















