Özbekiston Respublikasi Boş vazirining örinbosari – Ta'lim, soğliqni saqlaş, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş, jismoniy tarbiya va sport masalalari kompleksi rahbari Qahramon Valiyeviç Akmalov lavozimdan olindi. Bu haqda Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevning tegişli farmoni imzolangan.

Farmonda izohlanişiça, Qahramon Akmalov boşqa işga ötişi munosabati bilan lavozimdan ozod etildi.

Qahramon Akmalov 2017 yilning 29 noyabrida prezident tomonidan hukumatda amalga oşirilgan özgarişlar doirasida Özbekiston Boş vaziri örinbosari lavozimiga tayinlangandi. U muqaddam Hisob palatasi raisi örinbosari lavozimida işlagan.

Foto: Örtada Qahramon Akmalov

Şu yil fevralida 21 yildan buyon Özbekiston Respublikasi Markaziy banki raisiga örinbosar bölgan Alişer Akmalov işdan olingandi. Ayrim manbalarga köra, u mart oyida «Raşid Qodirov işi» doirasida qölga olingan va ayni vaqtda tergov qilinmoqda. 

Foto: Alişer Akmalov / Milliy Olimpiya qömitasi

Qahramon Akmalov Alişer Akmalovning ukasi hisoblanadi.