Vazirlar Mahkamasining 19.05.2018 yildagi 378-son qarori bilan xususiy maktabgaça ta'lim muassasalarini kreditlaş va subsidiyalaş tartibi belgilandi, deb yozmoqda Norma.
 
Eslatib ötamiz, Prezidentning 5.04.2018 yildagi PQ-3651-son qarori bilan nodavlat bolalar boğçalarini taşkil etiş sohasiga davlat-xususiy şerikçilik (bundan keyin – DXŞ) mexanizmlari joriy etildi. Ularda Maktabgaça ta'lim vazirligi (bundan keyin – MTV) bilan DXŞ töğrisida tuzilgan bitimlar asosida xususiy şeriklarning loyihalarini moliyalaştiriş nazarda tutiladi.
 
Kredit ajratiş şartlari
 
Kreditlaş uçun ajratiladigan mablağlar Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Özbekiston Respublikasini rivojlantiriş davlat dasturlarini moliyalaştiriş jamğarmasida alohida oçiladigan maxsus hisobvaraqda jamlanadi. Bunda Jamğarmaning ijro etuvçi direksiyasi tijorat banklari bilan kelişuv tuzadi.
 
MTV bilan şerikçilik töğrisida tuzilgan bitimlarning yagona reyestriga kiritilgan xususiy şeriklar kredit olişda ustuvor huquqqa ega böladilar.
 
Tijorat banklari tomonidan 3 yillik imtiyozli davr bilan 15 yil muddatga yillik 1% stavkada kreditlar ajratiladi.  
 
Davlat subsidiyasini qanday oliş mumkin 

Ajratiladigan subsidiyalar miqdorlari xususiy bolalar boğçasining bir nafar tarbiyalanuvçisiga (9 va 10,5 soatlik iş rejimidagi) sarflanadigan xarajatlar summasining quyidagi miqdorlarida belgilanadi:
 
• Toşkentda – 30%;
• Nukus şahri hamda viloyat markazlarida – 40%;
• qolgan hududlarda – 50%.
 
Bir nafar tarbiyalanuvçi uçun sarflanadigan xarajatlar miqdori Moliya vazirligi va MTV tomonidan aniqlanadi. Ta'lim muassasasi MTV bilan DXŞ töğrisida kelişuv imzolagandan söng, subsidiya oliş uçun hududiy moliya organiga ariza bilan murojaat qilişi kerak.
 
Arizaga quyidagi ma'lumotlar ilova qilinadi: