Prezident Şavkat Mirziyoyevning mamlakat viloyatlariga tez-tez safar qilişi hukumat a'zolarini «ma'lum bir taranglikda» uşlab turibdi. Bu haqda Özbekiston iqtisodiyot vaziri Botir Xöjayev ma'lum qildi, deya xabar beradi Kun.uz muxbiri.

«Yaxşi bilasizlarki, prezident ikki haftada bir marta u yoki bu viloyatga taşrif buyurmoqda. Hukumat a'zolarining u yerdagi iştiroki - Özbekistonni 2017-2021 yillarda rivojlantiriş strategiyasini har kuni amalga oşiriş bilan şuğullanişga imkon beradigan vosita, bularning hammasi qoğozda bölişi kerak emas», - dedi Xöjayev Toşkent davlat iqtisodiyot universitetidagi xalqaro konferensiyada.

Botir Xöjayev
Foto: Xalqaro Press-klub

Afsuski, «köp narsalar amalga oşirilmay, qoğozda qolib ketgani bilan boğliq» davr böldi, deya tan oldi u.

«Prezident Mirziyoyevning bunday safarlari, özgarişlarning köpligi va tezkorligi barçamizni ma'lum bir taranglikda uşlab turibdi», - deya qayd etib ötdi vazir.

Xöjayev mamlakatni rivojlantiriş strategiyasida belgilangan vazifalar bosqiçma-bosqiç amalga oşirilişiga umid bildirdi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Botir Xöjayev 15 trln sömlik yangi dastur haqida ma'lum qilgandi.