Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin yangi prezidentlik muddatidagi ilk xorijiy tashrifni qayerga amalga oshirishi aytildi
Rossiya va Xitoy yetakchilari RF prezidenti Vladimir Putinning Pekinga iyun oyida amalga oshiradigan tashrifi davomida muhim hujjatlarni imzolaydi. Bu haqda Xitoy tashqi ishlar vaziri yordamchisi Chjan Xanxuey xabar berdi, deb yozmoqda RIA «Novosti».
Diplomatning eslatishicha, bu tashrif Putin uchun yangi prezidentlik muddatidagi birinchisiga aylanadi.
«Xitoy har ikki tomonning qo‘shma sa'y-harakatlari tufayli, prezident Putinning rejalashtirilayotgan tashrifi Rossiya-Xitoy munosabatlari yuqori darajada va noyob holatda ekanini ko‘rsatib berishiga umid qilmoqda. Tashrif samarali bo‘lib, ikki mamlakat munosabatlari rivojiga qo‘shimcha turtki berishi kerak», - deya ta'kidlab o‘tdi Chjan Xanxuey.
Tashrif davomida XXR raisi Si Tszinpin bilan tor va kengaytirilgan tarkibda qator uchrashuvlar o‘tkazish mo‘ljallangan. Shuningdek, davlatlar yetakchilari hujjatlarni imzolaydi, ularda «Rossiya-Xitoy munosabatlari kursi, shuningdek, bu munosabatlar hamda ikki tomonlama hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari belgilab olinadi».
Bundan tashqari, Putin va Si Tszinpin madaniy tadbirlarda ishtirok etadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Putin G‘arb davlatlarini «qizil chiziqdan» o‘tmaslikka chaqirgandi.
Mavzuga oid
08:29 / 18.06.2026
Putinga yaqin deb hisoblangan biznesmen qamoqqa olindi
22:32 / 17.06.2026
Tramp Rossiya va Xitoyni «butun dunyoni portlatib yubormaslik» uchun yadroviy kelishuvga chaqirdi
20:41 / 17.06.2026
Xitoyning yirik neft-gaz kompaniyasi top-menejeri pora uchun o‘limga hukm qilindi
17:47 / 17.06.2026