16:12 / 30.05.2018
22266

Avtomobil transportida yuklarni tashish qoidalariga o‘zgartirish kiritildi

Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 29 maydagi qarori bilan O‘zbekistonda avtomobil transportida yuklarni tashish qoidalariga o‘zgartirish kiritildi.

Endilikda:

qurilish materiallarini, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini, sanoat va oziq ovqat tovarlarini, shuningdek boshqa to‘kiladigan yuklarni (issiq asfalt, yirik gabaritli va og‘ir yuklardan tashqari) ochiq avtotransport vositalarida tashishda yuk majburiy tartibda brezent yoki boshqa qalin material bilan qoplanishi lozim;

avtotransport vositalarini qurilish obektlaridan umumiy foydalaniladigan yo‘llarga kuzov va g‘ildiraklarni yuvmasdan chiqishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Top