27 may kuni Toşkent viloyatining Böstonliq tumanida 4 noma'lum şaxs avtomaşinalar turargohida qarovsiz qoldirilgan, Toşkent şahar Çilonzor tumanida yaşovçi H.R.ning “Lasetti” rusumli avtomaşinasi eşigi oçiq qolganligi hamda kaliti özida turganligidan foydalanib, avtomaşinani haydab qoçganlar. 

Bu haqda Özbekiston Respublikasi IIV Jamoatçilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boşqarmasi xabar bermoqda.

Olib borilgan qidiruv işlari natijasida uşbu jinoyatni Parkent şahrida yaşovçi Ğ.Ğ. sodir etganligi aniqlanib, u avtomaşinani Parkent tumanida haydab ketayotganida uşlangan, uning jinoiy şeriklari, muqaddam sudlangan B.U va A.Z., O.M. Yuqori Çirçiq tumani Yangibozor qörğoni hududidan uşlangan.