«Özbekiston havo yöllari» Milliy aviakompaniyasi 2018 yilning 1 iyunidan Toşkent - Qozon - Toşkent yönalişida iqtisodiy klass tariflarini pasaytiradi, deb xabar bermoqda MAK axborot xizmati.

Parvozlar haftasiga ikki marta seşanba va payşanba kunlari Airbus 320 zamonaviy havo laynerlarida amalga oşirilişi aytilgan.

Şu bilan birga, MAK tariflar qançaga pasayganini ma'lum qilmagan. Biroq, kompaniya saytidagi ma'lumotga köra, bir tomonga çipta iyun oyi boşida 1,6 mln sömdan boşlanadi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Nordwind Airlines aviakompaniyasi 1 iyundan «Toşkent-Qozon» reysini oçayotgani xabar qilingandi.