Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev rahbarligida videoselektor yiğilişi bölib ötmoqda.
«Eksportni rağbatlantiriş va yengillaştiriş böyiça qator hujjatlar qabul qilindi. Albatta, köp hududlar va tarmoqlarda eksport hajmi köpaymoqda, desak adolatdan böladi. Lekin bizning şunça qilgan çoralarimiz bugungi natijaga töğri kelmaydi. Biroq, ayrim tarmoq va hududlar rahbarlarining öz mas'uliyatini yetarli darajada sezmayotgani natijasida eksportni köpaytiriş böyiça rezervlar töliq işga solinmayapti. 25 may holatiga - 4 mlrd 576 mln dollarlik eksport amalga oşirildi. Bu ötgan yilga nisbatan 25 foizga köp, lekin bizning hisob-kitoblarimiz böyiça yana 25 foiz yetmayapti.
Şuni hamma rahbarlar bilişi kerak - tartib-intizom bölmagani uçun boş vazir örinbosari Akmalovni (Özbekiston Respublikasi boş vazirining örinbosari – Ta'lim, soğliqni saqlaş, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş, jismoniy tarbiya va sport masalalari kompleksi rahbari Qahramon Valiyeviç Akmalov - tahr.) işdan olişga majbur böldim. Nega Akmalov işdan olindi? Sababi aravani torta olmayapti. Men har safar aytmoqdaman: rahbarlik lavozimi hammaga sinov! Amal degani - boş vazir örinbosari juda katta mas'uliyatli odam. Lekin bir joyda bir oy yurib, bironta taklif bermasa, quruq majlislar ötkazib yuraversa, menga unday odam kerak emas. Şuning uçun men Abduhakimovni (Aziz Abduhakimov - tahr.) eng oğir sohalarda boş vazir örinbosari etib tayinlaşga majbur böldim. Sababi men Abduhakimovga şaxsan özim işonaman. Töğri uning sohasi emas, lekin fidoyiligi, özini qiynaşi bilan şu sohani örganadi. Menga soha emas, balki vatanparvarlik, sadoqat kerak», - deya prezidentning sözlarini keltirgan Kun.uz muxbiri.

















