Özbekiston Respublikasi prezidenti “Qişloq xöjaligi mahsulotlari işlab çiqaruvçilarga mexanizatsiya va servis xizmatlarini körsatiş samaradorligini oşiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarorni imzoladi. Hujjat matni ÖzAda e'lon qilingan.

Hujjat bilan Özbekiston Respublikasi Qişloq xöjaligi vazirligi, Moliya vazirligi, “Özagroservis” AJ, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi va viloyat hokimliklarining 2018 yil 1 noyabrdan quyidagilar orqali maşina-traktor parklarini boşqarişning eng samarali şaklini tanlaş böyiça eksperiment (keyingi örinlarda – eksperiment) ötkaziş töğrisidagi taklifiga rozilik bildirildi: 

“Özagroservis” AJning 26 ta maşina-traktor parkini tadbirkorlik sub'yektlariga sotiş; 

“Özagroservis” AJning 3 ta maşina-traktor parkini davlat unitar korxonalariga (keyingi örinlarda – “Tuman MTP” DUK) aylantiriş. 

Belgilanişiça: 

a) “Özagroservis” AJ maşina-traktor parklarini sotiş Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyat hokimlari tomonidan 2018 yil 31 dekabrgaça quyidagilar orqali ta'minlanadi: 

baholaş böyiça işlar xarajatlarini tegişli maşina-traktor parklari mablağlari hisobidan qoplagan holda maşina-traktor parklarining mulki va mulkiy huquqlarni baholaş; 

bir yoki bir neçta tadbirkorlik sub'yektlari tomonidan tegişli maşina-traktor parklarining ustav jamğarmasidagi ta'sisçi uluşini ellik bir foizidan yuz foizigaça bozor narxida sotib oliş böyiça eng yaxşi takliflar tanlovini e'lon qiliş va ötkaziş; 

maşina-traktor parklarining ustav jamğarmasidagi yuz foiz uluş sotib olingan vaqtdan boşlab ikki yil davomida taşkiliy-huquqiy şakl va asosiy faoliyat turini (mexanizatsiya va servis xizmatlari körsatiş) saqlab qoliş şarti bilan “Özagroservis” AJ va tadbirkorlik sub'yektlari örtasida tegişli şartnoma tuziş; 

maşina-traktor parklarining ustav jamğarmalaridagi ta'sisçi uluşini sotişdan kelib tuşgan barça mablağlarni “Özagroservis” AJ taşkilotlarining qarzdorliklarini qoplaşga yönaltiriş;

b) ta'sisçining tegişli maşina-traktor parklarining ustav jamğarmalaridagi uluşini baholaş qiymati böyiça sotiş imkoni bölmagan taqdirda, “Özagroservis” AJ sotişga qöyilgan aktivlarning narxlarini Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 3 iyuldagi PQ–2200-son “Davlat mulki obektlarini kiçik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlariga sotiş borasidagi qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarorida nazarda tutilgan tartibda bosqiçma-bosqiç pasaytiriş mexanizmini qöllaş töğrisida qaror qabul qilişga haqli;