O‘zbekiston | 14:38 / 30.05.2018
11909
2 daqiqa o‘qiladi

Jizzaxda ham foto va videoradarlar o‘rnatildi

O‘zbekiston Respublikasi viloyatlarini bog‘lab turuvchi xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan M39 avtomobil yo‘li Jizzax viloyatining G‘allaorol, Paxtakor, Sh.Rashidov, Do‘stlik va Mirzacho‘l tumanlari hududlaridan o‘tgan.

Foto: IIBB YHX axborot xizmati

Jizzax viloyat IIB YHX boshqarmasining Kun.uz’ga xabar berishicha, Jizzax viloyati hududidan o‘tgan M39 avtomobil yo‘li viloyat IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasining doimiy nazorati ostida. Yo‘l barcha yo‘l belgilari bilan jihozlanib, haydovchilarni tezlikni oshirmasliklariga alohida e'tibor qaratilgan. Har bir aholi yashash punkti va burilishda haydovchilarni ogohlantirish maqsadida 5.41 (foto va video qayd etish) yo‘l belgisi bilan jihozlangan.

Foto: IIBB YHX axborot xizmati

Haydovchilarni ogohlantirish va qat'iy chora ko‘rish maqsadida viloyat IIB YHXB tomonidan yo‘l zamon talablariga mos HIKVISION rusumli zamonaviy foto hamda videoradarlar bilan jihozlandi. Ushbu HIKVISION rusumli zamonaviy foto va videoradarlarning yana bir muhim jihati - tezlik oshirish holatini tunu-kun xatosiz hamda sifatli suratga tushirishi bilan ajralib turadi.  

Foto: IIBB YHX axborot xizmati
Foto: IIBB YHX axborot xizmati

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid