Lavrov nega KXDRdan sanksiyalar bosqichma-bosqich olib tashlanishi lozimligini aytdi
KXDR yadroviy muammosi yechimi butunlay bo‘la olmaydi, buning uchun ushbu davlatga qarshi joriy etilgan sanksiyalar bekor qilinishi lozim. Bu haqda RF TIV rahbari Sergey Lavrov ma'lum qildi. Uning ta'kidlashicha, cheklov choralarini bekor qilish jarayoni keyingi muzokaralar masalasiga aylanishi hamda bosqichma-bosqich bo‘lishi kerak.
"Sanktsiyalar haqidagi masalaga keladigan bo‘lsak, shunisi aniqki, Koreya yarim oroli yadroviy muammosiga yechim topish haqida gap boshlab, biz u sanksiyalar bekor qilinmaguncha, butunlay bo‘la olmasligidan kelib chiqmoqdamiz. Bunga qanday qilib harakatlanish, bu muzokarachilar san'atiga bog‘liq. Biroq, bitta o‘tirishda buni qilib bo‘lmaydi. Bir o‘tirishda yadrosizlanishni ta'minlash imkonsiz, shuning uchun, albatta, qandaydir bosqichlar va bu bosqichlarning har birida qarama-qarshi harakat bo‘lishi kerak", - dedi Rossiya vaziri shimoliy koreyalik hamkasbi Li Yon Xon bilan muzokaralar yakunlari bo‘yicha.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Lavrov Rossiya o‘zini AQSh va KXDR muzokaralariga aralashishga haqli, deb hisoblamasligini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
23:22 / 22.11.2024
KXDR o‘z askarlarini Ukraina urushiga yuborgani evaziga Rossiyadan havo hujumidan mudofaa vositalarini olgan
17:46 / 22.11.2024
WSJ: Ukraina zarbasi oqibatida KXDR armiyasi generali yaralandi
20:56 / 21.11.2024
Putin Pxenyan hayvonot bog‘iga sher va ikkita ayiq sovg‘a qildi
19:15 / 20.11.2024