Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda 21 ta ko‘prikli Katta Olmaota avtomobil halqa yo‘li qurilishi boshlandi
Qozog‘istonda Katta Olmaota avtomobil halqa yo‘li qurilishi (BAKAD) boshlandi. Loyihaga start berish marosimida Qozog‘iston bosh vaziri o‘rinbosari Asqar Mamin, investitsiyalar va rivojlanish vaziri Jyenis Qosimbek, Turkiyaning Olmaotadagi bosh konsuli Rizo Kagan Yilmaz va yana ko‘plab yuqori martabali shaxslar ishtirok etdi.
Qurilish Turkiya va Janubiy Koreya kompaniyalarining qo‘shma loyihasi asosida olib boriladi.
BAKAD konsorsiumi bosh direktori va Alarko kompaniyasi vitse-prezidenti Abbos Shaxin halqa yo‘li Qozog‘istonning eng yaxshi yo‘li bo‘lishini aytgan.
Qurilish doirasida 21 ta ko‘prik, 19 ta yo‘l o‘tkazgich, 8 ta yo‘l ayirgich, muhandislik tarmoqlari qurish rejalashtirilgan. Yo‘l bo‘ylab harakatlanish uchun haq olish mo‘ljallanmoqda.
Mavzuga oid
20:33 / 02.05.2026
Olmaotada Qozog‘istondagi ilk krematoriy ishga tushdi
08:30 / 21.03.2026
Olmaotada 48 nafar mehnat muhojirining pasporti qaytarib olib berildi
18:06 / 03.02.2026
2029 yilgi qishki Osiyo o‘yinlari Qozog‘istonda o‘tkaziladi
16:44 / 15.01.2026