17:53 / 01.06.2018
11059

MDH davlatlari hukumat rahbarlari 13ta hujjatni imzolashdi. Ular qaysi sohalarda?

Dushanbeda Mustaqil davlatlar hamdo‘stligiga (MDH) a'zo davlatlar Hukumat rahbarlari kengashining majlisida bir qator hujjatlar imzolandi, deya xabar beradi Rossiya hukumatining matbuot xizmati.

Majlis yakuni bo‘yicha jami 13ta hujjat imzolandi. Ular orasida - Intellektual mulk bozori shakllantirish va rivojlantirish to‘g‘risida bitim, Elektron va elektrotexnik uskunalar chiqindilarini boshqarish sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim, Davlatlararo standartlashtirish bo‘yicha hujjatlarni tarqatish to‘g‘risida bitim, bojxona ishlarida Hamkorlik va o‘zaro yordam to‘g‘risidagi bitimga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida Bayonnoma.

Uchrashuvda MDHning 11 davlatidan oltitasining hukumat rahbarlari qatnashdi - Dmitriy Medvedev, Andrey Kobyakov, Baqitjan Sagintayev, Muhammadkaliy Abilzagiyev, Abdulla Aripov va Qohir Rasulzoda.

Foto: primeminister.kz

Armaniston va Ozarboyjondan bosh vazir birinchi o‘rinbosarlari qatnashdi - Ararat Mirzoyan hamda Yagub Eyubov. Moldovadan respublikaning MDHdagi doimiy vakili Viktor Soochan, Turkmanistondan vazirlar mahkamasi rahbari o‘rinbosari Rashid Meredov ishtirok etdi. Ukraina uchrashuvni e'tiborsiz qoldirdi.

Kengashning keyingi majlisi shu yilning noyabr oyida Ostonada bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tojikiston bosh vaziri Qohir Rasulzoda va O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripovning uchrashuvi bo‘lib o‘tgani xabar qilingandi.

Mavzuga oid
Top