Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident Toshkent shahrini rivojlantirishga doir yig‘ilish o‘tkazdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Toshkent shahri va tumanlari hokimlari, mutasaddi rahbarlar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. Davlat rahbarining matbuot xizmatida shu haqida xabar berildi.
Tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tgan yig‘ilishda poytaxtimizda sanoat va kichik biznesni rivojlantirish, aholi bandligini oshirish, muhandislik kommunikatsiya tarmoqlarini yaxshilash bo‘yicha dolzarb chora-tadbirlar belgilab berildi.
Ta'kidlash joizki, 1 iyun kuni O‘zbekiston prezidenti Chilonzor tumani Bunyodkor va Cho‘ponota ko‘chalari kesishmasida bunyod etilayotgan yo‘l o‘tkazgichni ko‘zdan kechirdi. Shuningdek Chilonzor tumanidagi Tirsakobod mahallasida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi. Bundan tashqari, shu tumanning Xirmontepa mahallasi faollari bilan uchrashib, muloqot qildi.
Mavzuga oid
16:28 / 13.06.2026
Toshkentda yo‘l talashgan haydovchi ikkinchi haydovchiga tayoq bilan hujum qildi
20:06 / 10.06.2026
Prezident huzurida Islom sivilizatsiyasi markazining faoliyati va rejalari ko‘rib chiqildi
16:55 / 09.06.2026
Biznes-ombudsman Toshkentdagi reklamalarni buzishda qonuniy yo‘l tutishga chaqirdi
10:25 / 09.06.2026