Özbekistonda avtomobillarni sotiş tizimi özgartiriladi, u mijozlarga avtomobilni sotib oliş kunida olişga imkon beradi, deya ma'lum qildi «Özavtosanoat» boşqaruvi raisi Umidjon Salimov.
«Savdo siyosati - eng muhim ustuvor vazifa. Bizning maqsadimiz nima: mijoz keladi, maşina uçun pul tölaydi va uni darhol olib ketadi. Bu birinçi navbatda ta'minlaşimiz kerak bölgan narsa. Agar odam pulining 85 foizini tölasa, maşina zavodniki emas, balki uning özinikidir. Bizning ustuvor vazifa - mijozni sotib oliş vaqtida avtomobil bilan ta'minlaş», - dedi Salimov jurnalistlarga.
Uning sözlariga köra, savdo tizimini darhol qayta taşkil etib bölmaydi, ammo bu yönalişda işlar boşlangan. Yaqinda GM Uzbekistan’da savdo va marketing tizimiga mas'ul rahbarlar almaşdi, dedi Salimov.
«Albatta, bu qiyin vazifa va 2-3 oy içida uni amalga oşiriş juda muşkul. Savdo tizimi önlab yillar davomida bor edi, ammo biz global amaliyotni albatta tatbiq etamiz», - deya ta'kidlab ötdi u.
Salimov Özbekistonda diler faqat «zavod bilan mijoz örtasida uzatiş böğini» ekanini ta'kidladi. «Diler faqat şartnoma beradi va mijozni avtomobil bilan ta'minlaydi. Barça yuridik va moliyaviy mas'uliyat zavodga yuklanadi. Agar jahon amaliyotiga nazar taşlasangiz, savdo tizimi juda boşqaça tarzda quriladi. Diler maşinani zavoddan sotib oladi, bu uning mulkiga aylanadi. U maşinani qança tez sotsa, pul mablağlari aylanmasini şunça tezroq ta'minlaydi. Bizda dilerimiz faqat şartnoma va avtomobilni beradi, şu bilan birga, özining 3%lik uluşini oladi», - deya aytib ötdi «Özavtosanoat» rahbari.
«Korrupsiyaga qarşi kuraşni mantiqiy yakunga keltiramiz. Bu qandaydir nojoiz xayollarga ega işçilar bilan bevosita kuraşdir... », - deya xulosa qildi u.
Eslatib ötamiz, avvalroq Salimov avtosanoat qayta taşkil etilişi haqida ma'lum qilgandi.

















