«Özavtosanoat» kompaniyasi avtomobilsozlik sanoatini qayta taşkil etişni boşladi. Özbekistonda yengil avtomobillarning boşqa işlab çiqaruvçilari paydo böladi, deya ma'lum qilgan kompaniya boşqaruvi raisi Umidjon Salimov.

«Multibrending - biz uçun ustuvor vazifalardan biri. Odamlar faqat Çevrolet’da emas, balki boşqa maşinalarda ham yurişni xohlaydi, - dedi u jurnalistlarga. - Hozir biz avtomobilsozlik sanoatini qayta taşkil etiş konsepsiyasini amalga oşirmoqdamiz. Bizning yagona şerik GM bilan köp vaqt ötkazdik. Hozir bizda bozor va işlab çiqarişni demonopolizatsiya qiliş ketmoqda».
 
«Özavtosanoat» rahbari Özbekiston avtomobilsozlik sanoati yangi yönalişda rivojlanişini ta'kidladi. «Biz raqobat muhitini yaratamiz. Bu aniq», - deya qöşimça qildi Salimov.

Kompaniya Yevropa işlab çiqaruvçilari, jumladan, Volkswagen bilan muzokaralar olib bormoqda. Özbekiston prezidentining Xitoyga bölajak taşrifi çoğida Xitoy kompaniyalaridan biri bilan şartnoma imzolanişi kutilmoqda.

Joriy yilda GM Uzbekistan’ning Asakadagi avtomobil zavodi va Amerika şeriklaridan Toşkent motor zavodi aksiyalarini sotib oliş jarayoni tugallanadi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekiston General Motors’ning Asaka zavodidagi aksiyalarini töliq sotib olişi xabar qilingandi.