Estoniya prezidenti Kersti Kalyulayd evfemizmlar (aytiş noqulay bölgan söz örnida işlatiladigan pardali söz yoki ibora)dan voz keçiş va Ukrainada röy bergan holatni uruş, deb ataşga çaqirdi. Davlat rahbari matbuot xizmati xabariga köra, u bu haqda sobiq prezident Lennart Meri xotirasiga bağişlab taşkil etilgan konferensiyada ma'lum qilgan.

"Gruziya va Ukraina haqida gapirar ekanmiz, barçasini öz nomi bilan aytiş kerak - uruş va bosib oliş", - deya ma'lum qilgan u.

Uning sözlariga köra, buning örniga “xalqaro doiralarda Gruziya va Ukraina haqida gapirilib, hamon “ma'muriy çegara çiziği” yoki “muzlatib qöyilgan mojaro” kabi evfemizmlardan foydalanilmoqda".

"Biz heç bölmasa öz hamkorlarimiz va ittifoqçilarimiz bilan şu haqda oçiq gaplaşişimiz kerak. Biz asr boşi bilan taqqoslaganda jar yoqasida turibmiz", - degan u.

Estoniya prezidentining fikriça, “Ukrainada röy berayotgan narsalar haqida nima öylasak ham, Ukraina odamlari erkindir. Bu juda katta ustunlik hamda kuçli iqtisodiyot va huquqiy davlatni qurişga yordam beradi. Odamlar öz siyosiy yetakçilaridan oqibatlardan qörqmay norozi bölişi mumkin”.

Eslatib ötamiz, avvalroq Serbiya prezidenti Qrim haqida gapirgandi.