Sport | 02:04 / 02.06.2018
18422
1 daqiqa o‘qiladi

FIFA JCh-2018 uchrashuvlaridan oldin TVda qo‘yiladigan lavhani taqdim etdi

FIFA Rossiyada bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha XXI jahon chempionati o‘yinlari translyatsiyasi oldidan efirga uzatiladigan rasmiy lavhani taqdim etdi.

Kompyuter grafikasi asosida ishlangan 45 soniyalik lavhada Rossiyaning eng taniqli diqqatga sazovor joylari o‘rin olgan.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyaning 11 shahridagi 12 ta stadionda tashkillashtiriladigan XXI jahon chempionati shu yilning 14 iyunidan 15 iyuliga qadar bo‘lib o‘tadi.

Шуҳрат Шокиржонов
Tayyorlagan Шуҳрат Шокиржонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid