Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida Toşkent şahri va tumanlari hokimlari, mutasaddi rahbarlar iştirokida yiğiliş ötkazildi. Davlat rahbarining matbuot xizmatida şu haqida xabar berildi. 

Tanqidiy-tahliliy ruhda ötgan yiğilişda poytaxtimizda sanoat va kiçik biznesni rivojlantiriş, aholi bandligini oşiriş, muhandislik kommunikatsiya tarmoqlarini yaxşilaş böyiça dolzarb çora-tadbirlar belgilab berildi.

Ta'kidlaş joizki, 1 iyun kuni Özbekiston prezidenti Çilonzor tumani Bunyodkor va Çöponota köçalari kesişmasida bunyod etilayotgan yöl ötkazgiçni közdan keçirdi. Şuningdek Çilonzor tumanidagi Tirsakobod mahallasida amalga oşirilayotgan obodonlaştiriş işlari bilan tanişdi. Bundan taşqari, şu tumanning Xirmontepa mahallasi faollari bilan uçraşib, muloqot qildi.