Internetda xitoylikning avtomobilda dafn qilinishi videosi paydo bo‘ldi.

Marhumning yaqinlari uning oxirgi istagini bajo keltirishga qaror qilishgan. U o‘zini tobutda emas, balki sevimli mashinasida dafn qilishlarini vasiyat qilgan.

Erkakning jasadi kumushrang Hyundai Sonata mashinasi ichiga joylashtirilib, ekskavator yordamida qabrga tushirilgan.