Bo‘g‘oz sigir Yevropa ittifoqi hududini tark etgani uchun o‘lim jazosiga mahkum qilindi

Foto: Baz Ratner / Reuters
Bolgariya hukumati chiqargan qaror “ko‘pni ko‘rganlar, ko‘pni eshitganlar”ni ham ajablantirishi aniq. Gap shundaki, hukumat bo‘g‘oz sigirni Yevropa ittifoqi chegarasini kesib o‘tgani uchun o‘lim jazosiga mahkum qildi. Bu haqda AFP agentligi ma'lum qildi.
Penka laqabli sigir Bolgariyaning Kopilovtsi qishlog‘i atrofida o‘tlab yurib, Bolgariya-Serbiya chegarasigacha borib qolgan va Yevropa ittifoqi hududidan chiqib ketgan.
Sigirni mahalliy fermerlardan biri topib, egasiga qaytargan. Biroq Bolgariya hukumati sigirni davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tishda aybdor deb topib, uni dori vositasi yordamida o‘ldirish kerak, degan qaror qabul qilgan.
Sigirning egasi bu qarorga qarshi chiqqan. U sigirini chegarani kesib o‘tayotganda hech kim to‘xtatmaganini aytib achchiqlangan. Boz ustiga, sigir 3 oydan keyin ko‘zi yorishi kerak bo‘lgan.
Ma'lum qilinishicha, hukumat “qoidabuzar” sigirni Yevropa ittifoqi qonunlaridan asrab qololmasligini aytgan. “Bu bizga bog‘liq emas. Biz Bryussel ko‘rsatmalariga amal qilamiz”, deb aytgan Bolgariya veterinar xizmati vakili.
Mavzuga oid

18:24 / 12.02.2025
Ukraina Bolgariyadan ikkita yadroviy reaktor sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishdi

10:08 / 01.01.2025
Bolgariya va Ruminiya Shengen zonasining to‘laqonli a’zosiga aylandi

23:26 / 10.12.2024
Bolgariya Rossiya gazining Yevropaga tranzitini to‘xtatib qo‘yish bilan tahdid qildi

12:50 / 28.10.2024