10:01 / 05.06.2018
16574

O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Facebook’da o‘z rasmiy sahifasini ochdi

O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari, moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov Facebook’da o‘z rasmiy sahifasini ochdi.

Jamshid Qo‘chqorov
Foto: Facebook /JKuchkarov

«Rasmiy sahifamga xush kelibsiz! Hurmatli do‘stlar, men sizlarni mamlakatimizda bo‘lib o‘tayotgan moliyaviy islohotlar hamda ish faoliyatim bilan ijtimoiy tarmoq yordamida xabardor qilib bormoqchiman. Shu bilan birga, sizning fikringiz, taklif va mulohazalaringiz men uchun juda muhimligini bildirmoqchiman. Sizlar bilan bevosita muloqot qilishdan bag‘oyat mamnunman», - deya yozgan J.Qo‘chqorov.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jamshid Qo‘chqorov Evergreen Motors Group kompaniyasi raisi Kim Chang Keon bilan muzokaralar o‘tkazgani xabar berilgandi.

Mavzuga oid
Top