Yaponiyaning Toxoku universiteti va Xatinoxdagi Milliy texnologiya instituti olimlari havoga kötarila oluvçi öt öçiruvçi robot prototipini taqdim qilişdi. Qurilma bosim ostida çiqarilgan suv hisobiga havoga kötariladi, deb xabar berdi Digital Trends.

Robot datçiklarga ega, uzun öt öçiruvçi şlangdan iborat bölib, uning old va markaziy qismida soplolar bölib, ular orqali bosim ostida suv çiqadi. Buning hisobiga qurilma kiçik balandlikka kötarila oladi. Robot vaziyatdan kelib çiqib suyuqlikni bir neçta yönalişda purkaşi mumkin.

Hozirça robotning işçi prototipi bir neça metr uzunlikka ega, biroq istalsa uni uzaytiriş mumkin. Suv soplolarga 0,7 MPa bosim ostida kompressor yordamida beriladi. Kelgusida qurilma boşqariluvçanroq bölişi va kattaroq balandlikka kötarila olişi uçun takomillaştiriladi.