Özbekistonda dollar kursi 5 sentabrda erkinlaştiriş boşlangandan beri eng past darajada savdo qilinmoqda – 7912 söm. Bundan Özbekiston Respublika valyuta birjasining ma'lumotlari darak beryapti.
Söm 2018 yil fevralidan boşlab faol mustahkamlanib bordi – bunga qadar u bir dollarga 8190 sömgaça arzonlaşib ketgandi. Aprel oyi oxirlaridagi biroz pasayişdan söng valyuta yana mustahkamlanib bordi va hozirda 7900 sömga yaqinlaşdi.
Yevro bilan vaziyat esa biroz boşqaça, u şu hafta narxda keskin ösdi va 9765 sömgaça çiqdi. Masalan, may oyi oxirlarida u 9395 sömdan savdo qilingan. Yevroning ösişiga iyun oyidan boşlab valyuta dollarga nisbatan qimmatlaşib borgani ham aloqador bölişi mumkin.
Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekistonda dollar kursi 7 950 sömdan, yevro - 9 300 sömdan pastga tuşib ketgandi.

















