Tegishli taklif Pekinda XXR Davlat kengashi bosh vaziri o‘rinbosari Lyu Xe hamda AQSh savdo vaziri Uilbur Rossning uchrashuvida bildirilgan.
Xitoydan ma'lum qilishlaricha, AQSh bojlar joriy etish va boshqa cheklovlardan bosh tortsa, kelishuvga erishiladi. Biroq, Qo‘shma Shtatlar tomonidan ularni bekor qilishga tayyorlik haqida hozircha hech qanday bayonot berilmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey po‘lat va alyuminiy importiga bojlarni asossiz, deb atagandi.











