Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘tgan hafta onlayn auksion orqali 6,5 mlrd so‘mlik avtoraqamlar sotildi
Foto: KUN.UZ
Joriy yilning 28 maydan 2 iyungacha bo‘lgan davr mobaynida “O‘zRTXB” AJ da 594,2 mlrd so‘mlik bitimlar tuzildi. Ko‘rgazma-yarmarka savdolarida va valyuta savdo maydonchasida o‘sish qayd etildi. Bu haqda "O‘zRTXB" AJ matbuot xizmati xabar bermoqda.
O‘tgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 305ta avtomobil raqamlari sotildi. Ularning 286tasi jismoniy shaxslarga, 19tasi yuridik shaxslarga sotilgan. Sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 6,5 mlrd so‘mdan oshdi.
Savdolar natijasida bitimlarning 71,5% birinchi toifadagi avtoraqamlar, 19,7% bitimlar ikkinchi toifa avtoraqamlar va 8,8% bitimlar 3-toifa avtoraqamlar bo‘yicha tuzilgan.
Xaridorlar tarkibida yetakchilikni Toshkent va Toshkent viloyati avtohavaskorlari egalladi va ularning tuzilgan bitimlar sonidagi ulushi 83%ga teng. Keyingi o‘rinda Buxoro va Farg‘ona viloyatlari avtohavaskorlari har biri 3% ulush bilan joylashdi. Uchinchi o‘rin Samarqand viloyati avtohavaskorlariga tegishli bo‘lib, ulushi 2%ni tashkil qiladi. Boshqa hududlarning ulushi 9%ga teng.
Mavzuga oid
13:09 / 19.08.2025
Navoiydagi «Temirchi» oltin koni 5,4 mln dollarga sotildi
21:17 / 29.11.2024
Auksionda 6,2 million dollarga sotib olingan bananni o‘z egasi yeb qo‘ydi
18:27 / 09.09.2024
«Auksion o‘yinlari» orqali Bo‘stonliqdan yer olib berish uchun 1,5 million dollar talab qilgan fuqaro ushlandi
16:28 / 23.06.2020