Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari tadbirkorlar bilan iftor qildi
O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari, moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov va uning komleksidagi bir necha vazir o‘rinbosarlari tadbirkorlar bilan iftor qildi. Bu haqda tadbirkor Hikmat Abdurahmonov Facebook’dagi sahifasida xabar bergan.
«Bizni mamlakat bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Anvarovich Qo‘chqorov va uning kompleksidagi bir necha vazir o‘rinbosarlari biznes-iftorga taklif etdi. Iftorlik shunday do‘stona va norasmiy tarzda o‘tdiki, men 5 soat qanday o‘tib ketganini sezmay ham qoldim. Turli mavzular haqida gaplashdik, bir-birimizni diqqatlik bilan eshitdik. Iqtisodiyotda davlat rolini kamaytirish, bojxona-soliq islohoti, iqtisodiyotning erkinlashtirilishi, tadbirkorlikni rivojlantirishda biznes-uyushmalar o‘rni, ichki va tashqi sarmoyadorlar, boshqa davlatlarning ilg‘or tajribasi haqida so‘z yuritdik», - deya yozgan H.Abdurahmonov.
Tadbirkorning e'lon qilgan fotosuratlaridan ko‘rish mumkinki, iftorlikda bir qator taniqli ishbilarmonlar ham qatnashgan. Xususan, ular orasida Korzinka.uz asoschisi va rahbari Zafar Hoshimov ham bor.
Abdurahmonovning so‘zlariga ko‘ra, iftorlik marosimida 19ta eng ustuvor va muhim masalalar ro‘yxatini tuzishga kelishib olingan. Ularni Jamshid Qo‘chqorov va uning jamoasi biznes-hamjamiyat bilan 2019 yil boshigacha hal qilishi lozim bo‘ladi.
Mavzuga oid
11:21 / 20.04.2026
Parvarish xizmati ko‘rsatuvchi tadbirkorlar 2030 yilgacha soliqdan ozod etiladi
12:15 / 10.04.2026
Xorazmda 7 ming so‘mdan palov sotgan tadbirkor jarimaga tortildi
11:47 / 09.04.2026
“Obnalchi” korxonaning soliq majburiyati halol tadbirkor gardaniga yuklanyapti” – tadbirkorlar Soliq qo‘mitasidan norozi
20:57 / 03.04.2026