Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Vaqf» fondi ko‘zi ojizlar jamiyatida 200 kishiga iftorlik dasturxoni yozib berdi
Foto: O‘MI Matbuot xizmati
O‘zbekiston ko‘zi ojizlar jamiyatining Toshkent shahar bo‘limi Chilonzor tumanida O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Toshkent shahar hokimligi va «Vaqf» xayriya jamoat fondi hamkorligida imkoniyati cheklanganlar bilan ilk uchrashuv bo‘lib o‘tgandi.
O‘MI Matbuot xizmati xabariga ko‘ra, shundan so‘ng «Vaqf» xayriya jamoat fondi muborak Ramazon oyining sharofati bilan ko‘zi ojizlar jamiyatida 200 kishiga iftorlik dasturxonini yozib berdi.
Iftorlik dasturxonida fondning boshqaruvi rahbari Jaloliddin Hamroqulov «Vaqf» xayriya jamoat fondi haqida ma'lumot berib o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq fond tomonidan ko‘zi ojizlar jamiyatidagi imkoniyati cheklangan kishilarga Ramazon ehsonlari taqdim qilingan edi.
Bundan avval farz bo‘lgan va boshqa to‘lovlar imkoniyati endi CLICK’da yaratilgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
23:19 / 17.03.2026
Shavkat Mirziyoyev Islom sivilizatsiyasi markazining ochilishi hamda iftorlik marosimida ishtirok etdi
16:30 / 28.03.2025
Tramp Oq uyda musulmonlar uchun iftorlik uyushtirdi
18:47 / 25.03.2025
Prezident Shavkat Mirziyoyev iftorlik tadbirida ishtirok etdi
14:52 / 16.03.2024